logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Anhui qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan talabalar almashinuvi dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi

view 259

Mazkur dastur doirasida xitoylik talabalar 2025-yil 24-oktyabrdan 2026-yil 20-yanvargacha bo‘lgan uch oy davomida Toshkent davlat agrar universitetida tahsil oldilar. Shu munosabat bilan xayrlashuv tadbiri tashkil etildi. Dastur doirasida o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklash va sertifikatlarni topshirish marosimida Toshkent davlat agrar universitetining Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori A.Abduvasikov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Sultonov ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi ustozlari faol qatnashib, O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan taqdimotlar orqali ishtirokchilarga yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ularning uch oy davomida ko‘rsatgan samarali yordami va faol ishtiroki e’tirof etilib, kafedra ustozlari ham talabalar qatori tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.