logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda

view 158

Ushbu tadbirlar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Xasanova tashabbusi bilan tashkil etilib, unda fakultet tyutori M.Qurbonmurotova tashabbusi bilan tashkil etildi. "Zooinjeneriya" fakulteti hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakulteti talaba-qizlari, professor-o‘qituvchilari ishtirokida navbatdagi sport mashg‘ulotlari tashkil etildi. Universitet sport majmuasi va zamonaviy sport infratuzilmalari talabalar hamda xodimlar uchun sog‘lom hordiq chiqarish maskaniga aylangan.

Shu bilan birgalikda talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o‘rtasida ertalabki badantarbiya mashqlari va sport mashg‘ulotlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Har haftaning shanba kunlari universitet sport zalida volleybol va stol tennisi bo‘yicha an’anaviy musobaqalar o‘tkazilib, talaba-qizlarning jismoniy faolligi va jamoaviy birdamligi mustahkamlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

Toshkent davlat agrar universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev tomonidan O‘simliklar himoyasi, Agrokimyo va Tuproqshunoslik hamda Agromuhandislik va Agrotexnologiyalar fakultetlaridagi dars mashg‘ulotlari o‘rganildi
Jarayon

Toshkent davlat agrar universiteti Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg‘ona viloyatida “Yangi agronom” tizimini joriy etish va takomillashtirish yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Toshkent davlat agrar universitetida Saratov davlat yuridik akademiyasi hamda Saratov viloyati bo‘yicha Federal monopoliyaga qarshi xizmat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Monopoliyaga qarshi va u bilan bog‘liq qonunchilikni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.