logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 20 dan ortiq talabalari Buxoro davlat universitetida o’tkazilayotgan xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etmoqda

view 82

Buxoro davlat universitetida “Bukhara International Chemistry Olympiad – 2026 (BICHO-2026)” hamda “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” xalqaro kimyo va matematika olimpiadalari oʻz ishini boshladi. Ushbu fan olimpiadalarida ishtirok etayotgan talabalarimizga omad tilab qolamiz. Ishonamizki, yaxshi natijalarni qayd etishadi.

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan mazkur nufuzli olimpiadalar 10 dan ortiq xorijiy davlat vakillari bir maydonga jamlamoqda. Xususan, Ozarbayjon, Hindiston, Iordaniya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy va Oʻzbekistondan kelgan talabalardan iborat 100 dan ortiq jamoa, jami 500 nafardan ziyod ishtirokchi olimpiada jarayonlarida qatnashmoqda. Shuningdek, tadbirda 10 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda mamlakatimizdagi 50 dan ziyod OTM vakillari ishtirok etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.