logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, sevimli va betakror aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi

view 78

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti haqiqiy san’at va ilhom maskaniga aylandi. Sababi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, sevimli va betakror aktrisa Dilnoza Kubayeva universitetimizda mehmon bo‘ldi! Uchrashuv davomida Dilnoza Kubayeva universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan “Renessans” ma’ruzalar majmuasi hamda iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art galereya” ko‘rgazmasi aktrisada katta taassurot qoldirdi. Aktrisa yoshlar ijodiga yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy muhit va san’atga bo‘lgan e’tibor yuqori darajada ekanini alohida ta’kidladi. Bu kabi yangilanishlar talabalarning bilimini ham, ijodiy salohiyatini ham yanada yuksaltirishiga xizmat qilishini qayd etdi. Ochig‘i, Agrar universitetida bunaqasi hali bo‘lmagan! Eng hayajonli lahzalar esa San’at saroyida bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda davom etdi. Dilnoza Kubayeva universitetning iste’dodli yoshlari bilan bir sahnada chiqish qildi. Uchrashuv davomida universitetning Iste’dod teatr jamoasi tomonidan qisqa spektakli, Bo‘ston notiqlarining she’riy chiqishlari, Bo‘ston raqs va ashula ansamblining yorqin chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Aktrisaning samimiy fikrlari, talabalar bilan bo‘lgan ochiq va qiziqarli savol-javoblar, ayniqsa “blits” savollar zalga iliq tabassum olib keldi. Talaba-yoshlar uchun juda kerakli, hayotiy va ta’sirli javoblar berildi. Ko‘pchilik uchun bu birinchi marta shunday ijodiy, samimiy va mazmunli kecha bo‘ldi. Quvonarlisi shundaki, Dilnoza Kubayeva Bo‘ston notiqlari bilan alohida davra suhbati va ijodiy uchrashuv o‘tkazish taklifini ham bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida universitet rektori N. Oblomuradov aktrisaga chuqur minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi. Bir so’z bilan aytganda, bu uchrashuv nafaqat ijodiy kecha, balki yoshlar uchun ilhom, motivatsiya va unutilmas xotira bo‘ldi. Toshkent davlat agrar universiteti ilm bilan birga san’at yashaydigan maskan ekanini yana bir bor isbotladi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.