logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti mutasaddilari tomonidan universitet bitiruvchi talabalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini keng targ‘ib etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda

view 129

2026/2027-o‘quv yili uchun Qo‘shma ta’lim dasturlari fakultetiga qabul jarayonlariga talabalarni keng jalb etish maqsadida universitetning bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mazkur uchrashuvlar Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani F. Yakubov hamda fakultet mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilib, unda fakultet faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish shart-sharoitlari hamda qabul jarayoniga oid asosiy talablar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.Uchrashuvlar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, talabalarning fikr va takliflari o‘rganildi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti faoliyatini universitet yoshlari o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida bunday uchrashuvlar belgilangan grafik asosida boshqa fakultetlarda ham izchil davom ettirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.