Kongress doirasida dastlab iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art galereya” ko‘rgazmasi bilan tanishildi. Mazkur ko‘rgazma talabalar iste’dodi, ijodkorligi va innovatsion yondashuvlarini yaqqol namoyon etib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, yoshlar tarbiyasida oila va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida “Yoshlar tarbiyasida oila va oliy ta’lim muassasasi hamkorligi” mavzusida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida fakultetda faoliyat olib borayotgan Yoshlar ittifoqi faol koordinatorlari va ularning ota-onalari universitet hayoti, ta’lim jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, Yoshlar ittifoqi koordinatorlariga birinchi prorektor boshchiligida Ishonch yorlig‘i, ularning ota-onalariga esa tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



