logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “BUYUK SIYMOLAR YODI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

view 30

Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetiga qarashli 7-Talabalar turar joyida Biotexnologiya kafedrasi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limi hamkorligida “BUYUK SIYMOLAR YODI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur adabiy-ma’rifiy kechada kafedraning professor-o‘qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etib, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning beqiyos ma’naviy merosiga chuqur hurmat va ehtirom izhor etdilar. Tadbir davomida talabalar tomonidan Navoiy g‘azallari ifodali tarzda o‘qildi, mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, shuningdek, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Ushbu tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingvv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.