logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning darsga va yashash joyiga o‘z vaqtida kelishini ta’minlash maqsadida navbatdagi profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi

view 57

Mazkur jarayonda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari faol ishtirok etishmoqda. Reyd davomida asosiy e’tibor universitet hududining kirish qismiga qaratildi. Guruh a’zolari tomonidan har bir kirib-chiqayotgan talabaning tartibi ko‘zdan kechirildi. Universitet hududiga belgilangan vaqtdan kechikib kelayotgan har bir talaba bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Kech qolishning sabablari o‘rganilib, talaba odobi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilishning ahamiyati tushuntirildi. Begona shaxslarning hududga kirishining oldini olish va talabalarning xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘rildi.

Shuningdek, reyd tadbirlari talabalar turar joylarida ham davom ettirildi. Unda talabalarning yashash sharoitlari, yong‘in xavfsizligi va tungi vaqtdagi tartib-intizom masalalari nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingvv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.