logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Alisher Navoiy merosini o‘rganishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

view 20

Toshkent davlat agrar universiteti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Buyuk ajdodlar yodi” shiori ostida buyuk mutafakkir shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy merosini o‘rganishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirni universitet rektori kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u Alisher Navoiy ijodining xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni, asarlarida mujassam bo‘lgan yuksak axloqiy qadriyatlar hamda ularning bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar hamda ustozlar tomonidan ijro etilgan chiqishlar buyuk mutafakkirning hayoti va ijodiy merosini yorqin badiiy talqinda ochib berdi.

Mazkur kecha ishtirokchilarda milliy g‘urur va tarixiy merosimizga bo‘lgan ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, yosh avlod qalbida ma’naviyatga muhabbat uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.