Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari O.Sultonbekov boshchiligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi. Unda bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, hududlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida har bir fakultet kesimida bitiruvchilar soni, ularning yo‘nalishlari va mehnat bozoridagi ehtiyoj tahlil qilindi. Ayniqsa, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyani kuchaytirish hamda dual ta’lim tizimini keng joriy etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Dual ta’lim asosida talabalar o‘qish jarayonidayoq korxona va tashkilotlarda amaliy faoliyat olib borishi, real ish muhitida tajriba orttirishi hamda kelgusida doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun mustahkam zamin yaratilishi qayd etildi.
Shuningdek, mas’ullarga har bir bitiruvchi bilan individual ishlash, ularning kasbiy salohiyatini inobatga olgan holda manzilli reja ishlab chiqish hamda hududlar kesimida aniq takliflar shakllantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


