Jumladan, mazkur tashabbus doirasida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov boshchiligida viloyatning 22 ta tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari ishtirokida bitiruvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlardan ko’zlangan maqsad yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan qamrab olish hamda hududlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Har bir fakultet kesimida tashkil etilgan muloqotlarda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat olib bordilar. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, mehnat bozoridagi talab va takliflar, ishga joylashish shartlari hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, agrar sohaga ixtisoslashgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonalarida yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.
Toshkent davlat agrar universiteti yoshlarning kelajagi, ularning munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi va agrar sohada o‘z o‘rnini topishi uchun manzilli va tizimli ishlarni izchil davom ettiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


