logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik va sholichilik yo‘nalishida malaka oshirish kurslariga start berildi !

view 117

Toshkent viloyatida baliqchilik va sholichilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan rahbar hamda mutaxassislar uchun bir haftalik (36 soatlik) malaka oshirish kurslari boshlandi. Kurslarning ochilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev boshchiligida o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimligining qishloq va suv xujaligi masalalari buyicha kotibiyati mutaxassisi Sh.Narimboyev va sholichilik ilmiy tadqiqot instituti vakili A.Mansurov ham ishtirok etib, sohada zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, mahsulot yetishtirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish masalalari haqida gapirdi. Shuningdek, tarmoqda samaradorlikni oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi va sifatini yuksaltirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan ekani ta’kidlandi.

Kurslar davomida tinglovchilar baliqchilik va sholichilikda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.