Toshkent davlat agrar universiteti magistranti Izbasarova Gulbanu Baxtjanovna “Agro-Zamin yulduzlari” respublika ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib o‘tdi va unda Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasi talaba-qizlari o‘z bilim, tashabbus va yetakchilik salohiyati bilan bellashdi. Universitetimizning “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakulteti, “Dorivor o‘simliklar” kafedrasi 1-bosqich magistranti bo‘lgan Gulbanu Baxtjanovna ilmiy yondashuvi, zamonaviy fikrlashi va faol pozitsiyasi bilan barchani ortda qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


