logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Hindistonning MERI University hamda Indira Gandhi Krishi Vishwavidyalaya universitetlari bilan memorandum imzolandi

view 234

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Hindistonning MERI University hamda Indira Gandhi Krishi Vishwavidyalaya universitetlarining delegatsiyasi bilan o‘zaro uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandumlar imzolandi. Memorandum doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalar va nashrlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalar va tadqiqotlar olib borish masalalari kelishib olindi. Uchrashuv do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi. Tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar hamda istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.