Xabaringiz bor, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusida O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi bo‘lib o’tmoqda. Nufuzli xalqaro anjumanda Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov boshchiligidagi delegatsiya ham faol ishtirok etmoqda. Forum doirasida Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lida muhim kelishuvlarga erishdi. Jumladan, University of Sopron bilan o‘rmonchilik sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnoma doirasida tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy stajirovkalar tashkil etish hamda qo‘shma ilmiy nashrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Hungarian University of Agriculture and Life Sciences (MATE) bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing

