Shirin kartoshka (Ipomoea batatas) — pechakdoshlarga mansub, koʻp yillik issiqsevar oʻsimlik. Vatani Meksika va Markaziy Amerika. Oziq-ovqat sifatida konserva, kraxmal-qiyom va spirt sanoatida ishlatiladi. Qadimdan Xitoyda ham ekib kelingan. Yaponiya, AQSH, Ispaniya, Hindiston va 5. mamlakatlarda ekiladi, shuningdek, Zakavkazye, Markaziy Osiyo (Turkmaniston, Tojikiston)da oʻstiriladi. Hosildorligi 200 - 300 s/ga. Batat kartoshkasi qalamchasidan koʻpaytiriladi. Fevral-mart oylarida issiqxonalarda kartoshkasidan chiqqan oʻsimtalardan qalamcha tayyorlab, parniklarda ildiz ottiriladi. Koʻchatlari may oyida qator orasini 70-80 sm, qatordagi tup orasini 30-40 sm qilib oʻtqaziladi. Koʻchat atrofi yumshatilib, oʻgʻitlab turiladi, 12-14 marta sugʻoriladi. Sentabr- oktabr oylarida palagi oʻrilib, keyin kartoshkasi kavlab olinadi. Palagi (koʻk holida, quritilgani, siloslangani) chorva uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
