logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik mashqlari o‘tkazildi

view 19

Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyati Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida o‘quv mashqlari tashkil etildi. Tadbirda viloyat FVB boshlig‘i 1-o‘rinbosari M. Yunusov, Qibray tumani FVB inspektori kapitan Sh. Qudratov, ishchi-xodimlar hamda 90 nafar talaba ishtirok etdi. Mashqlarda yong‘in va zilzila paytida xavfsiz harakat qilish, talofatsiz insonlarni qutqarish, “101”, “1050” va “112” raqamlariga murojaat qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Talabalarga xavfsiz joyni egallash, eshik osti yoki stol ostiga yashirinib, ichki devor burchagida turish tavsiya qilindi.

Shuningdek, talabalar yong‘inga qarshi vositalar, binodagi gidrantlar va turar joylarda profilaktik tadbirlar bilan tanishtirildi. Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilar savollariga javob oldi va amaliy maydonda ko‘nikmalarni mustahkamladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.