Mazkur uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S. Boboyev ishtirok etib, universitetda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi muhim rejalar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, universitetda amal qilinayotgan ichki tartib-qoidalar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, talabalarning ilmiy va amaliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida bitiruvchi talabalarning kelgusida ishga joylashish imkoniyatlari, ularning kasbiy faoliyatini yanada rivojlantirish, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, talabalarga yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash yuzasidan zarur metodik ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing


