logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun harbiy sohada yangi imkoniyat

view 197

Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yigitlar uchun "Oziq-ovqat ta’minotini tashkillashtirish" harbiy-hisob ixtisosligi bo‘yicha tanlov e’lon qilinishiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha mutaxassislari, xususan, Rektor maslahatchisi Navro‘zov Odiljon, Podpolkovnik Aliyorov Alijon (Zirhli texnikalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash sikli katta o‘qituvchisi) hamda Podpolkovnik Narzullayev Iskandar ishtirok etdilar. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni harbiy-hisob ixtisosliklariga jalb etish va ularning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha harbiy sohada faoliyat yuritishlariga imkoniyat yaratish ta'kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda quyidagi fakultet talabalari qatnashishi mumkin:
Agromuhandislik (Mexanizatsiya);
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash;
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik;
O‘simliklar himoyasi va biotexnologiya;
Agroiqtisodiyot (Buxgalteriya).
Mazkur tanlov talabalarga o‘z bilimlarini bevosita Vatan mudofaa salohiyatini oshirish yo‘lida safarbar etish imkonini beradi.
Tanlovda ishtirok etish shartlari va saralash bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z fakultetingiz dekanatidan olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.