Xalqaro miqyosdagi mutaxassis bo'lishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoyning nufuzli Northwest A&F universiteti (NWAFU) hamkorligidagi "1+1" magistratura dasturi 2026-yilgi qabulni e'lon qiladi.
Bu qanday tizim?
1-yil: O'qish Toshkent davlat agrar universitetida.
2-yil: Ilmiy tadqiqot va o'qish Xitoyda (NWAFU).
Yakunda: Har ikkala universitetning magistrlik diplomi beriladi.
Yo'nalishlar:
Agronomiya va urug'chilik, O'simliklar himoyasi, Chorvachilik, Qishloq xo'jaligi menejmenti, Sun'iy intellekt, (AI) Kompyuter texnologiyalari va IT
O'qish narxi: Yiliga 15 000 000 so'm (Toshkent va Xitoy uchun alohida).
Grantlar: Birinchi yil natijalariga ko'ra, munosib talabalar Xitoydagi o'qish pulining 50% chegirmasini yoki bepul yotoqxona imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin.
Asosiy talablar:
Bakalavr diplomiga ega bo'lish (2026-yil 1-sentabrgacha).
Ingliz tilini bilish (IELTS 5.5, TOEFL 80 yoki Duolingo 95).
Xalqaro (zagran) pasportga ega bo'lish.
Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 30-iyungacha.
Onlayn ariza: nwsuaf.17gz.org
Batafsil ma'lumot uchun universitetning Xalqaro bo'limiga murojaat qiling: +998712604880 / doubledegree@tdau.uz
Kelajagingizni xalqaro standartlar asosida quring!
Ijtimoiy tarmoqlar:
