Toshkent davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish va soha mutaxassislarining eksport malakasini oshirishga qaratilgan strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TDAU rektori Narzullo Oblomuradov va xalqaro ekspert Suvra Chakraborty ishtirok etib, o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar uchun “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti va xalqaro savdoga kirish” nomli maxsus o‘quv kursini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
O‘quv kursining asosiy yo‘nalishlari:
Global bozorlarga kirish va xalqaro savdoning institutsional asoslari;
Eksport bozorlarini tahlil qilish va mahsulotni standartlarga moslashtirish;
Xalqaro kontraktlar tuzish va professional muzokaralar olib borish;
Logistika, bojxona tartib-taomillari va sertifikatlash;
Eksport risklarini boshqarish va zamonaviy savdo instrumentlari.
Kursning maqsadi: Talaba-yoshlar va soha mutaxassislarida agroeksport bo‘yicha tizimli bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali mamlakatimizning eksport geografiyasini kengaytirishdir. Tomonlar mazkur o‘quv kursini mart oyidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida joriy etish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Bu tashabbus qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimizni xalqaro standartlarga moslashtirish va jahon bozorida munosib o‘rin egallashimizda muhim qadam bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:








