logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUDA NAVRO‘Z SHUKUHI: “NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH – INSONNI ULUG‘LASH!”

view 61

Toshkent davlat agrar universitetida bahoriy yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat ayyomi — Navro‘z munosabati bilan bayram tantanalari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash" g'oyasi ostida universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, jamoatchilik faollari hamda faxriy ustozlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. “Navro‘z — inson qalbini poklaydigan, mehr-oqibat, saxovat va ezgulikni ulug‘laydigan muqaddas ayyomdir. Bu bayram barchamizni yanada birlashtirib, qalblarimizga iliqlik va ertangi kunga ishonch baxsh etadi”, — deya ta’kidladi universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov.
Bayram dasturi rang-barang chiqishlar va jonli ijrolarga boy bo‘ldi:
O‘zbekiston xalq artisti Zamiraxon Suyunovaning “So‘lim bahor” va “Bilmasmikin” taronalari; Xushovoz xonandalar Ilyos Arabov, Sultonposhsha O‘dayeva hamda Zarif Azizovlarning dildosh qo‘shiqlari davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Shuningdek, milliy folklor jamoalari tomonidan ijro etilgan “Do‘ppi tikdim”, “Kim oladiyo”, “Boychechak” kabi xalqona kuylar hamda “Bo‘ston” ansamblining mahoratli raqslari milliy urf-odatlarimizni qayta jonlantirdi.

Tadbir doirasida viloyatlar kesimida tayyorlangan maxsus ko‘rgazmalar namoyish etildi. Unda yurtimizning har bir go‘shasiga xos bo‘lgan qadimiy hunarmandchilik namunalari, bahoriy taomlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘z aksini topdi. Bu ko‘rgazmalar talaba-yoshlarda milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Toshkent davlat agrar universitetida bo'lib o'tgan bayram ko'tarinki ruhda yakunlandi. Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.