Eman (Quercus L.) daraxti ko‘p asrlardan beri o‘rmonning asosiy ramzi hisoblanadi. U uzoq umr ko‘radigan baquvvat, qattiq tanali va keng shox-shabbali daraxt bo‘lib, tabiatda barqarorlik, kuch vabardavomlikni ifoda etadi. Eman o‘rmonekotizimlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tuproqnimustahkamlaydi, bioxilmaxillikni saqlaydi, ko‘plabhayvonlar va qushlar uchun ozuqa va boshpana manbaihisoblanadi.
Ko‘p mamlakatlarda eman milliy ramz sifatidae’zozlanadi. U landshaft dizaynida ham kengqo‘llanilib, shahar va qishloq hududlariniko‘kalamzorlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Eman urug‘ini ekish va ko‘chat yetishtirish
Eman urug‘i — rekalsitrant urug‘lar guruhigakiradi, ya’ni: urug‘larni ekishdan oldin quritib bo‘lmaydi, uzoq muddat quruq xolda saqlanmaydi, nam holatda fiziologik faolligini saqlaydi.
Urug‘ni yig‘ish vaqti sentyabr–oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ekishdan oldin suvda sinash mumkin bunda, mexanik zararlanmagan, og‘ir va to‘liq pishgan urug‘lar tanlab suvga solinadi va cho‘kkan urug‘lar sifatli hisoblanadi. Urug‘lar gumusga boy tuproqlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi. Ekishdan olin albatta tuproq xolatiga e’tibor qaratish lozim.
Eman urug‘larida tinim davri holati mavjud bo‘ladi. Urug‘larni terilgandan so‘ng kuzda yerga ekish mumkin,sun’iy sharoitda esa — 0…+5°C da 1–3 oy nam qumda saqlash kerak. Bu jarayon urug‘ning unib chiqish energiyasini oshiradi. Urug‘larni 8-10 sm chuqurlikkacha gorizontal yoki ildiz chiqish nuqtasi pastga qaratilib ekiladi. 1 ga maydon uchun o‘rtacha 500 kg gacha urug‘ sarf bo‘ladi. Parvarish bo‘limiga 1-2 yoshli urug‘ko‘chatlarni ko‘chirish mumkin.
Eman — o‘rmon ekotizimlarining strukturali va funksional ustuni bo‘lib, uning plantatsiyalarini barpo etishda urug‘ning fiziologik xususiyatlari, stratifikatsiya va agrotexnika talablariga qat’iy rioya qilish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
