logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati xalqaro biznes-forumda faol ishtirok etmoqda

view 15

Poytaxtimizdagi InterContinental Tashkent mehmonxonasida “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir qishloq xo‘jaligi va agrooziq-ovqat sohasining dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlanib, unda barqaror agroekotizimlar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda raqamlashtirish masalalari keng muhokama qilinmoqda. Forumda Italiya Respublikasi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat suvereniteti va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan vazirlar ishtirok etmoqda.
Forum ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zlab, bugungi uchrashuvning ahamiyatiga to‘xtaldi. U qishloq xo‘jaligida innovatsiya, barqarorlik va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov ham mazkur xalqaro forumda faol ishtirok etib, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashmoqda.

Ushbu forum mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini ilgari surish va qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.