Universitetimizning 12-sonli talabalar turar joyi oldidagi muhtasham “Amfiteatr” maydoni kecha haqiqiy bayram markaziga aylandi. Navro‘z shukuhi va bahoriy yangilanish ramzi bo‘lgan “Sumalak Party” yoshlar oqshomi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi! Show-konsert dasturida yangragan dildosh kuy-qo‘shiqlar va raqslar har bir talabaning ko‘nglidan joy oldi. Bu oqshom nafaqat hordiq chiqarish, balki kursdoshlar orasidagi mehr-oqibatni mustahkamlash, yangi do‘stlar orttirish uchun ajoyib maydon bo‘ldi. Sumalak atrofidagi dildan suhbatlar esa barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Ushbu unutilmas kecha uchun barcha tashkilotchilarga va faol ishtirok etgan aziz yoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
TDAUda talabalik oltin davrning eng yorqin sahifasidir!
Ijtimoiy tarmoqlar:




