logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari “AgroWorld Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishdi

view 27

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “AgroWorld Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni namoyish etuvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.
Mazkur ko‘rgazmada Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 24-24, 25 va 26-guruh talabalari faol ishtirok etdilar. Tashrif davomida talabalar parrandachilik, chorvachilik, o‘g‘itlar va don yetishtirish sohalaridagi yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muloqot qilib, qimmatli tajriba orttirdilar. Ayniqsa, o‘simlik kasalliklariga chidamli navlar va zamonaviy himoya vositalari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu jarayon talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba to‘plash imkonini berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.