Toshkent davlat agrar universiteti ishchi guruhi va talabalari tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on va Yuqorichirchiq tumanlariga amaliy safar uyushtirildi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ushbu hududlarda paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan “Ustoz” klasteri hamda fermer xo‘jaliklariga talabalarni biriktirishdan iborat.
Jarayon davomida “Yangi agronom” tizimi asosida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, yosh mutaxassislar bevosita fermer xo‘jaliklariga biriktirildi. Bu tizim talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy ko‘nikma va malakalarini bevosita dala sharoitida oshirish imkonini beradi. Shuningdek, universitet olimlari va mutaxassislari tomonidan fermerlarga ekin parvarishi bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Muloqotlar davomida joylardagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning samarali yechimlari hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan kelishib olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






