logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

BAHORGI BUG‘DOY PARVARISHIDA ENG MAS’ULIYATLI DAVR: OLIM TAVSIYALARI

view 106

Toshkent davlat agrar universiteti “O‘simlikshunoslik” kafedrasi professori Bahrom Azizov g‘allachilikda hosil taqdirini hal qiluvchi mart-aprel oylaridagi muhim agrotexnik tadbirlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Ayni kunlarda g‘alla ekinlari to‘planish fazasidan chiqib, o‘simlikda 4 ta bo‘g‘in shakllangan. Yana ikki haftadan so‘ng 6 ta bo‘g‘in shakllanadi va boshoqlash fazasi boshlanadi. Bu davrda asosiy e’tiborni o‘simlikning ozuqa va namlikka bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga qaratish lozim.

Sug‘orish va suv balansi:
Yuqori hosil olish uchun vegetatsiya davomida o‘simlikka o‘rtacha 6000 m³ suv talab etiladi. Agar yog‘ingarchilik hisobiga 2000 m³ (200 mm) suv tushsa, qolgan 4000 m³ taqchillikni qoplash uchun kamida 3–4 marta sug‘orishni amalga oshirish shart.
Oziqlantirishning samarali usullari:
Tuproq orqali beriladigan o‘g‘itlardan tashqari, barg orqali (suspenziya shaklida) oziqlantirish ozuqa moddalarining yuqori darajada o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Shuningdek, biostimulyatorlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Kasalliklar va stress omillariga qarshi kurash
Hosilga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillar:
Changlanishning yetarli bo‘lmasligi va noqulay ob-havo;
Zang kabi qo‘ziqorin kasalliklari;
Zararkunandalar va keskin harorat o‘zgarishi.
Hosilni asrash uchun nima qilish kerak?
O‘simlik zichligini saqlash va boshoqlar sonini ko‘paytirish uchun o‘z vaqtida oziqlantirish, yetarli sug‘orish hamda kasalliklarga qarshi tizimli kurashish yuqori hosil olishning bosh garovidir. Mikroiqlim sharoitlarini inobatga olgan holda agrotexnik tadbirlarni kechiktirmaslik tavsiya etiladi.
“O‘simlikshunoslik” kafedrasi professori Bahrom Azizov

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.