U an’anaviy yangi sarimsoqdan ta’m, hid va biokimyoviy tarkibi jihatidan farq qiladi. Sarimsoq (Allium sativum L.) insoniyat tomonidan qadimdan dorivor va oziq-ovqat sifatida qo‘llanilib kelingan. Uni fermentatsiya qilish orqali yangi mahsulot — qora sarimsoq hosil qilinadi. Bu jarayonda sarimsoqning achchiq ta’mi yumshab, shirinroq va karamelsimon ta’mga aylanadi.
Biokimyoviy tarkibi
Fermentatsiya davomida sarimsoqdagi biologik faol moddalar o‘zgaradi: Allicin miqdori kamayadi
Antioksidantlar (polifenollar, flavonoidlar) miqdori oshadi
S-allyl cysteine kabi barqaror birikmalar hosil bo‘ladi
Bu o‘zgarishlar uning biologik qiymatini oshiradi.
Foydali xususiyatlari
Fermentlangan sarimsoq quyidagi ta’sirlarga ega deb hisoblanadi:
Kuchli antioksidant faollik
Immun tizimini mustahkamlash
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish
Cancer rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam berishi mumkin
Shu bilan birga, u oddiy sarimsoqqa nisbatan hazm qilish uchun yengilroq.
Qo‘llanilishi
Fermentlangan sarimsoq gastronomiyada keng qo‘llaniladi:
souslar va marinadlar
go‘sht va baliq taomlari
salatlar
funksional oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida
Fermentlangan sarimsoq — yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan innovatsion mahsulot hisoblanadi. Uning oziqaviy va funksional xususiyatlari uni zamonaviy oziq-ovqat sanoatida istiqbolli mahsulotga aylantiradi. Kelgusida uning biokimyoviy mexanizmlarini yanada chuqur o‘rganish va sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Narkabulova Nargiza, texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Ijtimoiy tarmoqlar:
