logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Ekologik barqarorlikni ta’minlashda o‘rmonchilik va dorivor o‘simlikshunoslikning roli” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

view 144

Mazkur anjumanni universitet rektori N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida dorivor o‘simliklar yetishtirish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu sohalarga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borayotgani, ayrim hududlarda ekologik jihatdan qulay sharoitlar yaratilayotgani va bu jarayon mamlakatimizda ham kuzatilayotganini qayd etdi. Rektor aholi tomonidan o‘rmonchilik va dorivor o‘simlikshunoslik sohalariga yanada katta e’tibor qaratish zarurligini alohida ta’kidladi.
Anjumanda universitet professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy anjuman davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ularni ilmiy asosda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashildi hamda sohaning istiqboldagi rivoji yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.