logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 690 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI

view 33

Toshkent davlat agrar universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va temuriylarning insoniyat tamaddunidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida yuksak saviyadagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitetning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S. Boboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, professor Abdumajid Madraimov Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi ulkan faoliyati haqida, muzey bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit esa Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tub mohiyati yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar qilishdi. Suhbat davomida temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatning yuksalishi, xususan, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy kabi daholarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Ta’kidlandiki, Sohibqiron merosi nafaqat milliy davlatchiligimiz, balki butun insoniyat tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lib, bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar va soha mutaxassislari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg‘in savol-javoblar hamda munozaralar yosh avlod qalbida tariximizga nisbatan cheksiz hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.