logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi o‘tkaziladi

view 23

Toshkent davlat agrar universiteti 2026-yil 8-aprel kuni «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida aqlli boshqaruv va raqamli yechimlar» mavzusida respublika miqyosidagi anjuman o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Anjuman yo‘nalishlari:
1-sho‘ba. “Qishloq xo‘jaligida raqamli transformatsiya: sun’iy intellekt asosida yechimlar va barqaror rivojlanish strategiyalari”
2-sho‘ba. “Intellektual qishloq xо‘jaligi texnikasida energiya samaradorligi va “yashil” texnologiyalarni qо‘llash (agrodronlar, avtonom texnika va robotlashtirilgan tizimlar)”
3-sho‘ba. “Qishloq xo‘jaligida intellektual tizimlar va texnologiyalar: Dehqonchilik, chorvachilik va maxsulotlarni qayta ishlashda raqamli yechimlar”
4-sho‘ba. “Qishloq xo’jaligida iqtisodiy jarayonlarni raqamli boshqarish, Raqamli infratuzilma va uning iqtisodiyotga ta’siri”
Ishtirok etish shartlari:
Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida 2026-yil 3-aprelga qadar qabul qilinadi. Qabul qilingan materiallar OAK (https://agroscience-tdau.uz) jurnali maxsus sonida nashr etiladi va mualliflarga sertifikat topshiriladi.
Mas’ul xodimlar (Telegram orqali bog‘lanish):
1 va 4-sho‘balar: Feruza Yusupova (+998 94 680-08-78)
2 va 3-sho‘balar: Bekzod Maxmurov (+998 93 879 94 94)
O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 8-aprel, soat 10:00.
Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti.
Ishtirok etish shakli: bevosita (offlayn) va masofaviy (onlayn).
Axborot xati


Social networks:

Read also

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.