logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

view 162

Mazkur seminarda Qozog‘iston Respublikasidagi Meta Universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, oliy ta’lim tizimida raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim platformalari, innovatsion o‘qitish usullari hamda sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.