Toshkent davlat agrar universitetida insonlar hayotini saqlab qolish va jamiyatda o‘zaro yordam madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ushbu tadbirda universitet jamoasi yuksak ijtimoiy mas’uliyat ko‘rsatdi.
Aksiya doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar beg‘araz donor sifatida faol ishtirok etib, qon topshirish orqali og‘ir xastalikka chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Shifokorlar nazorati ostida tashkil etilgan jarayonda ishtirokchilarning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, donorlikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



