Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan yirik donorlik aksiyasi doirasida talaba qizlar uchun mutaxassislar ishtirokida donorlikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Birgalikda hayot uchun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga donorlikning inson salomatligidagi muhim o‘rni, qonning bebaho ne’mat ekani, hatto uning bir tomchisi og‘ir ahvoldagi bemor hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir talaba-qizlarda insonparvarlik, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

