logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

INNOVATSION STARTAPLAR VA KELAJAK LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

view 28

Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zmilliybank” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxodir Jalilov, bank mutaxassislari hamda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimovlar oliygohda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan tanishdi. Mehmonlarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov kutib olib, oliygohda so‘nggi yillarda ta’lim sifatini oshirish, ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuvning asosiy qismi talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqqan startap loyihalari va innovatsion g‘oyalari taqdimotiga bag‘ishlandi. Yosh tadqiqotchilar agrar sohani raqamlashtirish, “yashil energiya” texnologiyalarini joriy etish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan o‘ziga xos yechimlarini ilgari surdilar.
Bank vakillari va mutaxassislar talabalarning g‘oyalarini yuqori baholab, ularning tijoriy jozibadorligi va amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Ushbu uchrashuv yoshlarning kreativ fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli startap loyihalarini moliyaviy institutlar ko‘magida hayotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.