logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU AKADEMIK LITSEYI O‘QUVCHISI RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASIDA G‘OLIB BO’LDI

view 24

Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi bilimlar bellashuvining eng yuqori bosqichida yuksak natijani qayd etdi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy fan olimpiadasining IV (Respublika) bosqichida litseyning 2-bosqich 206-guruh o‘quvchisi Yunusova Munira Rustam qizi "Ona tili va adabiyot" fani bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Munira Yunusova o‘zining intellektual salohiyati, chuqur nazariy bilimlari va ijodiy yondashuvi bilan Respublika miqyosidagi kuchli raqobatda eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat litseyda yaratilgan sifatli ta’lim muhiti hamda pedagogik jamoaning iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlashining munosib samarasidir. Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati va jamoasi ushbu yuksak natija bilan Munira Yunusovani, uning ota-onasi hamda zahmatkash ustozlarini samimiy muborakbod etadi. Kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.