logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

BUXAREST YOZGI UNIVERSITETI: RUMINIYADA XALQARO TA’LIM VA MADANIY ALMASHINUV IMKONIYATI

view 172

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun xalqaro tajriba orttirish va Yevropaning yetakchi ta’lim maskanlarida bilim olish imkoniyatlari kengayishda davom etmoqda. Buxarest iqtisodiy tadqiqotlar universiteti (ASE) qoshidagi xalqaro yozgi maktab — Bucharest Summer University (BSU) 2026-yilgi mavsum uchun arizalar qabulini ochiq deb e’lon qildi.
2026-yilning 9-avgustidan 23-avgustiga qadar davom etadigan ushbu ikki haftalik dastur bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun mo‘ljallangan.
Dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u ishtirokchilarning o‘qish to‘lovi, turar joy, ovqatlanish, aeroportdan transfer hamda dam olish kunlaridagi maxsus sayohat xarajatlarini to‘liq qoplab beradi.
Ishtirokchilar nafaqat akademik kurslarda qatnashish, balki turli madaniy faoliyatlar orqali dunyoning turli burchaklaridan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladilar. Arizalar joriy yilning 31-mayiga qadar qabul qilinadi. Yevropada yozgi ta’tilni samarali o‘tkazish va xalqaro muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni istagan talabalar batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun loyihaning rasmiy sahifasiga murojaat qilishlari mumkin.
🌐 Batafsil: bsu.ase.ro

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.