logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

SUN’IY INTELLEKTDAN QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYAGACHA: TDAUDA YANGI O‘QUV YILI UCHUN YANGI MUTAXASSISLIKLAR JORIY ETILMOQDA

view 61

Toshkent davlat agrar universitetida zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 498-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda yangi ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Hozirgi kunda universitet qoshida tashkil etilgan maxsus shtab 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan yangi bakalavriat va magistratura dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlarini samarali muvofiqlashtirmoqda. Yangi o‘quv yilida bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha Menejment, Inson resurslarini boshqarish, Biologiya, Qayta tiklanadigan energiya manbalari, Sport faoliyati (kurash va futbol), Veterinariya farmatsevtikasi hamda bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lgan Sun’iy intellekt kabi 8 ta yo‘nalishda qabul amalga oshirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, magistratura bosqichida ham mutaxassislar tayyorlash ko‘lami kengayib, Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish hamda Biologiya mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari joriy etilmoqda. Mazkur tashabbuslar agrar soha va unga turdosh tarmoqlarni zamonaviy bilimga ega, raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlash hamda universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.