logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU VAKILLARI STARTAP EKOTIZIMINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN INTENSIV O‘QUV KURSI ISHTIROK ETDI

view 54

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari BMT Taraqqiyot Dasturi hamda U-Enter innovatsion tadbirkorlik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston universitetlari startap ekotizimini rivojlantirish dasturi” doirasidagi bir haftalik intensiv o‘quv kursida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligidagi “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
O‘quv kursi davomida universitetimiz vakillari oliy ta’lim muassasalarida innovatsion muhitni shakllantirish, talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan tanishdilar. Olingan bilim va amaliy ko‘nikmalar kelgusida agrar sohada raqamli yechimlarni joriy etish hamda talabalarning intellektual salohiyatini tijoratlashtirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.