Toshkent davlat agrar universitetida rektor Narzullo Oblomuradov boshchiligida talabalarning o‘z mutaxassisliklari doirasida ishlab chiqqan startap loyihalari va innovatsion g‘oyalari taqdimotlari davom etmoqda. Taqdimotlar jarayonida yosh tadqiqotchilar tomonidan agrar sohani raqamlashtirish, “yashil energiya” texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or va dolzarb yechimlar ilgari surilmoqda. Universitet rahbariyati tomonidan talabalar g‘oyalari yuqori baholanib, ularning amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi hamda tijoriy jozibadorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur jarayon yoshlarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli startap loyihalarni moliyaviy institutlar va hamkor tashkilotlar ko‘magida amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Startap loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash jarayoni davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


