Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan muloqoti davomida berilgan topshiriqlari hamda tegishli vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, taniqli sportchilar hamda barcha fakultetlardan saralab olingan 7 ta sport turi bo‘yicha jamoalar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jasur Lapasov ochib berib, o‘z nutqida yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga hamda yuksak marralarni zabt etishga chorladi. Olimpiada doirasida futbol, basketbol (3x3), voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi hamda suzish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Har bir yo‘nalishda talabalar o‘z jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etib, g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordilar.
Musobaqa davomida nafaqat kuch va mahorat, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhiti ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu esa Olimpiadaning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



