logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

view 67

Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 10-, 12-, 13- va 23-maktab bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar universitet hayoti, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular universitetning “Renessans” ma’ruzalar majmuasi, zamonaviy agrotexnologiyalar, laboratoriyalar, issiqxonalar hamda fakultetlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ochiq muloqot va tanishtiruv jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, oliy ta’lim tizimi va universitet imkoniyatlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish hamda kelajakdagi ta’lim yo‘lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tashrif yakunida o‘quvchilar universitet faoliyati haqida ijobiy taassurotlar bilan qaytdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.