logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetiga qarashli barcha talabalar turar joylarida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari o‘tkazildi.

view 23

Toshkent davlat agrar universiteti “Agromuhandislik va agrotexnologiyalar” fakultetining 13-sonli talabalar turar joyida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga qaratildi.
Tadbir professor H. Xushvaqtov boshchiligida hamda fakultet tyutori M. Isroilov tomonidan tashkil etilib, unda talabalarga Amir Temurning hayoti, uning adolatli boshqaruv tamoyillari, yuksak harbiy mahorati va jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Professor H. Xushvaqtov o‘z nutqida Sohibqironning hayotiy o‘gitlari bugungi kunda ham yoshlar, ayniqsa kelajak muhandis va mutaxassislar uchun muhim axloqiy mezon bo‘lib xizmat qilishi zarurligini alohida ta’kidladi.
Davra suhbatida 7-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi A. Ro‘ziyev bilan hamkorlikda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari E. Salomov va R. Tursunovlar ham ishtirok etishdi. Ular o‘z chiqishlarida Amir Temurning hayoti, ijodi hamda boy ma’naviy-adabiy merosi haqida talabalarga batafsil tushunchalar berib, uning ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik sohalaridagi ulkan merosi bugungi kunda jahon miqyosida tobora katta qiziqish uyg‘otayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti H. Xushvaqtov va assistent S. Raximova tomonidan ham mazkur turar joyda alohida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, unda talabalar bilan interaktiv usulda muloqot olib borildi. Tadbir davomida tarixiy savol-javoblar, qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, yoshlarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, buyuk bobokalonimiz merosi yuzasidan bilimlarini mustahkamlashdi. Umuman olganda, ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv yosh avlodni tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.