logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

view 19

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish tashabbusi amalda o‘z ifodasini topmoqda.
Toshkent davlat agrar universitetida sirtqi ta’lim talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv oldidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan uning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvi, adolat va Vatanga sadoqat borasidagi ibratli faoliyati eslab o‘tildi hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov, universitet birinchi prorektori Jasur Lapasov, universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Boboyev Sayfulla hamda Sirtqi ta’lim fakulteti dekani Abdusalim Yusupov ishtirok etdi. Tadbir davomida sirtqi ta’lim talabalari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ma’naviy va kasbiy rivojlanishi, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv qizg‘in va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Mazkur tadbir sirtqi ta’lim talabalari uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon bo‘lib, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.