Toshkent davlat agrar universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 29-son bayonnomasida belgilangan vazifalar hamda 2025-yil 19-dekabrdagi 01-23-502-sonli chora-tadbirlar rejasining 2-bandi ijrosi yuzasidan Zooinjeneriya fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini ongga singdirish, shuningdek Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Virtual akademiya” elektron platformasida o‘qishni tashkil etish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, “Yoshlarda halollikni shakllantirish”, “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning ro‘li” hamda maishiy korrupsiyaning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi. Tadbirda talaba va xodimlar o‘rtasida korrupsiya holatlari haqida xabar berish imkoniyatlari — telegram botlar, ishonch telefonlari va boshqa murojaat kanallari haqida ham muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

