logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida voleybol bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

view 98

Musobaqa doirasida o‘tkazilgan o‘tish o‘yinlarida O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti jamoasi Zooinjeneriya fakulteti ustidan g‘alaba qozondi. Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti jamoasini mag‘lub etdi. Shuningdek, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti O‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasidan ustun keldi. Yarim final bosqichida Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti jamoasini mag‘lub etib finalga yo‘l oldi. Ikkinchi yarim finalda esa O‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti jamoasini yengib, final ishtirokchisiga aylandi.
3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti jamoasini mag‘lub etib, musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi. Final uchrashuvida O‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionga aylandi.

Musobaqa yakunida barcha jamoalar faol ishtiroki, sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy ruhni namoyon etgani bilan e’tirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.