logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘zbekiston va Polsha rektorlari forumi: TDAU xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

view 32

Shu kunlarda Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari nufuzli xalqaro tadbir — “O‘zbekiston va Polsha III-Rektorlar forumi”ga mezbonlik qilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu anjumanda Yevropa va Markaziy Osiyoning yetakchi universitetlari vakillari jam bo‘lishdi.
Forum doirasida Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etib, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi. Tadbirning amaliy natijasi o‘laroq, TDAU va Polshaning nufuzli WSB universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi.
Ushbu hamkorlik talabalarimiz va o‘qituvchilarimiz uchun zamonaviy agrar loyihalarni polshalik olimlar bilan birgalikda amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va qishloq xo‘jaligida Yevropa tajribasi va texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Bu kabi xalqaro muloqotlar universitetimizning jahon ta’lim maydonidagi nufuzini oshirish hamda agrar soha uchun xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlashda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.