O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 12-fevraldagi 54-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun “Sun’iy intellekt savodxonligi” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-trening zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, professor-o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarni keng joriy etishga qaratildi. Trening davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonini optimallashtirish, o‘quv materiallarini avtomatlashtirish hamda talabalar bilimini baholashda raqamli yechimlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, seminar davomida xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar asosida sun’iy intellektni ta’lim tizimiga integratsiya qilish, undan akademik faoliyatda oqilona va mas’uliyatli foydalanish hamda ta’lim jarayonida kreativ va interaktiv muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


