Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti mezbonligida 14–18-aprel kunlari Dushanbe shahrida “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik: Green. Digital. Smart” mavzusida yirik xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjuman global miqyosda yashil iqtisodiyot, raqamli transformatsiya va “aqlli” boshqaruv tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasi o‘zining ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, forum doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan samarali muloqotlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, forum ishtirokchilari o‘rtasida networking, strategik hamkorlik va investitsion loyihalarni shakllantirish, shuningdek, “green economy”, “smart logistics” va “digital agriculture” kabi ustuvor yo‘nalishlarda yangi g‘oyalar va konsepsiyalar ishlab chiqish jarayonlari ham faol tarzda amalga oshirilmoqda.
Fakultet jamoasining mazkur xalqaro anjumandagi munosib ishtiroki universitetimiz ilmiy salohiyatini global miqyosda namoyon etish bilan birga, tajriba almashinuvi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yangi ufqlar ochadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


